
O‘zbekiston Qatarni yanchib tashlagan o‘yinga qancha muxlis tashrif buyurganini bilasizmi?
23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Qatar - O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 6:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Hamyurtlarimizdan Jasur Jaloliddinov, Hojimat Erkinov, Husain Norchaev, Ulug‘bek Hoshimov hamda Ruslanbek Jiyanov gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Yusuf Ayman bir bora o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Qayd etish lozim, ushbu bellashuvni 29754 muxlis "Paxtakor" stadionidan turib kuzatib bordi.
Ma’lumot uchun, vakillarimiz 3-tur doirasida 7 iyun kuni Eronga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar