
O‘zbekiston qay tarzda Tailandni taslim etdi? Keyingi raqib Qatar
Bugun nimchorak finaldan o‘rin olgan O‘zbekiston - Iordaniya bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan avval hamyurtlarimizning ustunligi qayd etilgandi. Amalda ham terma jamoamiz buni isbotladi.
18-daqiqada Oston O‘runov chap qanotdan raqiblarini aldab o‘tib, Masharipovga pas berdi, u esa darhol Ostonning o‘ziga to‘pni oshirdi. Faqatgina O‘runov darvozabonning oldida to‘pni to‘xtatishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Qulay vaziyat qo‘ldan boy berildi.
Keyingi hujumning o‘zidayoq Ostonda yana bir vaziyat yuzaga keldi. Yakuniy zarbaga aniqlik etishmadi.
22-daqiqada Jaloliddin Masharipov sheriklari olib qo‘ygan to‘pni jarima maydoni yaqinidan tepdi. Uzoq paski burchakni nishonga olgan Masharipov to‘g‘ri qaror qabul qilgandi. Faqatgina darvozabon qiyinchilik bilan xavfni bartaraf qildi.
Taym o‘rtasida Oston jarima maydoni ichida bir aylanib olib zarba berdi. Posbon ishonchli o‘ynadi.
Uchrashuvning uchdan bir qismi o‘tib borayotganda Holmatovda imkoniyat yuzaga keldi. Oston boshlab bergan hujumni yakunlashga uringan Diyor tepgan to‘p yo‘l-yo‘lakay raqib himoyachisiga tegib darvozabonga borib turshdi.
37-daqiqada ketma-ket urinishlar samara berdi. Diyor Holmatov o‘ng qanotda ochiq turgan Azizbek Turg‘unboevga ajoyib uzatmani amalga oshirdi. Azizbek esa bir urinishda ham to‘pni to‘xtatdi, ham himoyachini aldib o‘tdi. Keyin darhol oldinga chiqmoqchi bo‘lgan posbonni ojiz qoldirdi. Super gol. hisob ochildi.
Birinchi bo‘lim oxirida Masharipov, Fayzullaev, Sayfiev kombinatsiya tashkil etdi. Ammo, lekin, biroq…
Tanaffusdan so‘ng ham vakillarimiz hujumkorlikka e’tibor qaratdi. Bugun gol urishni boshqalardan ko‘ra ko‘pro xohlayotgani ko‘ringan Ostonda yana imkoniyat bo‘ldi. Ammo aniqlik etishmadi.
59-daqiqada Tailand ham birinchi aniq zarbasini golga aylantirdi. Maydon markazidan boshlangan hujumda yarim himoyachilarimiz to‘sqinlik qila olmadi. Natijada juda chiroyli tashkil etilgan kombinatsiyani tailandliklar golga aylantirdi. Zarba uzoq masofadan berilgani e’tiborga molik. Shu payt tayanch yarim himoyachilarimiz qaerda qoldi? degan so‘roq sizni ham o‘ylantirgan bo‘lsa ajab emas.
65-daqiqada Jaloliddin Masharipov chiroyli tarzda Abbosbek Fayzullaevga pas berdi. Fayzullaev esa olis pastki burchakni aniq nishonga olib, raqibning goliga tezkor javob berdi.
Goldan so‘ng Oston O‘runov o‘rniga Hojimat Erkinov maydonga tushdi. Erkinov dastlab hujumda, keyin esa qanotda harakat qildi.
Uchrashuv oxirlariga yaqin Jamshid Iskanderov Masharipovni, Zafarmurod Abdurahmatov Turg‘unboevni, Jamshid Boltaboev Fayzullaevni almashtirdi.
Qolgan daqiqalarda jamoalar har qancha harakat qilmasin, hisob o‘zgarmadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi qiyin g‘alaba evaziga chorak finalga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda Qatar bilan o‘ynaymiz. Uchrashuv 3 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar