
O‘zbekiston Saudiyaning seriyasiga chek qo‘yishi lozim!
Jahon chempionati 2-saralash bosqichining 8-turida Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston terma jamoalari o‘zaro kurash olib boradi.
Mazkur to‘qnashuvda ikki tomondan birining seriyasi yakunlanishi mumkin. Ya’ni, bugun "oq bo‘rilar" g‘alaba qozongan taqdirda, raqibning 7 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi o‘z yakuniga etadi. Erve Renar shogirdlari 2-saralash bosqichida hali imkoniyatni boy bermagan: 5 g‘alaba va 2 durang. Shuningdek, so‘nggi 3 o‘yindan beri o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda.
Vadim Abramov shogirdlari esa, ushbu bosqich davomida biror marta durang qayd etmadi. 5 o‘yinda g‘alaba qozongan vakillarimiz Saudiya va Falastinga imkoniyatni boy bergan. "Sahro lochinlari"ga qarshi ikkinchi o‘yinimiz bugun, Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.
Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston: Hal qiluvchi o‘yinni JONLI EFIRda tomosha qiling!
OFK rasmiy sayti: Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston triller uchun tayyor! (prevyu)
O‘zbekistonga qarshi muhim o‘yinda saudiyaliklarning ikki asosiy futbolchisi maydonga tusha olmaydi
JCh saralashi. Bugun 3-bosqichga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ladi!
Bugun O‘zbekiston hayot-mamot o‘yinida maydonga tushadi!
Fikrlar