
O‘zbekiston Superligasi. AGMK "Surxon" uchrashuvida kutilgan natija qayd etildi
O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan AGMK - "Surxon" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda olmaliqliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Alisher Jalilov 6-daqiqada hisobni ochdi. 56-daqiqada Martin Boake farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Biroz o‘tib, Ruben Sanches hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Shu tariqa, Mirjalol Qosimov shogirdlari ochkolari sonini 28 taga etkazib oldi. Surxonliklar hisobidagi 13 ochko esa o‘zgarishsiz qoldi.
Fikrlar