
O‘zbekiston Superligasi. "Grandlar kushandasi"ga aylangan "Olimpik" bu safar "So‘g‘diyona"ni ranjitdi
O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalarining yagona goli Po‘latxo‘ja Xoldorxonov hisobiga qayd etildi. U 75-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "olimpiyachilar" ochkolarini 22 taga etkazib olgan holda, Superliga turnir jadvalida 7-o‘ringa chiqib oldi. "Bo‘rilar" esa 30 ochko bilan 4-o‘rinni band etgan.
Fikrlar