
O‘zbekiston Superligasi hozir Evropadagi bu chempionatdan kuchli
O‘tgan yilning ikkinchi yarmini “Andijon” klubida o‘tkazgan Qozog‘iston yoshlar terma jamoasi a’zosi Abinur Nurimbet mamlakatimizdagi faoliyati haqida qisqa intervyu berdi.
— Belarus va O‘zbekiston chempionatlarida o‘ynading. Endi Qozog‘istonda “Turon” jamoasi sharafini himoya qilasan. Bu qarorga qanday kelding?
— Oilamdagilar va agentim bilan maslahatlashdim. Keyin Qozog‘iston chempionatiga qaytib, o‘z kuchimni shu erda sinab ko‘rishga qaror qildi. Asosiy maqsadim – Qozog‘iston milliy terma jamoasiga kirish.
— Qaysi chempionat kuchli, Belarusnikimi yoki O‘zbekistonniki?
— Belarus chempionati ilgarigidek kuchli emas. Ayni paytda O‘zbekiston Superligasi ancha raqobatbardosh. O‘zbekistonda o‘ynayotgan xorijiy o‘yinchilarning saviyasi va sifati yaqqol ko‘zga tashlanadi.
— O‘zbekistonning boshqa klublaridan taklif bo‘lmadimi?
— Jiddiy qiziqish bo‘lgani yo‘q. Men “Andijon”da kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldim va shuning uchun ham u erda qolmadim. Shukrki, O‘zbekiston kubogida g‘olib chiqdik. Shartnomam tugaganidan keyin klub meni o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga taklif qildi, lekin men ketishga qaror qildim.
Abinur “Taraz” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 18 yoshida Belarusga yo‘l olib, “Energetik-BGU” va “Gomel” kabi klublarda o‘ynab kelgan. Nurimbet 2024 yilning yozida “Andijon” safiga qo‘shildi. Andijonliklar safida jami oltita uchrashuvda ishtirok etdi.
Fikrlar