
O‘zbekiston Superligasi. "Lochinlar"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etadi
O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Lochinlar" safida yagona gol Zoran Marushich nomiga qayd etildi. Uning goli "Navbahor"ga o‘ta muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa, Babayan shogirdlari ochkolarini 37 taga etkazib olgan holda, Superliga turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib oldi. "Oltin izlovchilar" esa 32 ochko bilan 5-o‘rinni band etgan.
Fikrlar