
O‘zbekiston Superligasi. "Qo‘qon-1912" Bekobodda qiynaladi (prevyu)
Ertaga Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs 19:00 da start oladi.
“Metallurg” va “Qo‘qon 1912” jamoalari mamlakat milliy chempionatlari doirasida 25 marta to‘qnash kelgan. Ushbu o‘yinlarning 12 tasida “Metallurg”, 11 tasida “Qo‘qon 1912” jamoasi g‘alaba qozongan. 2 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqida "ma’danchilar" kichik ustunlikka ega – 36:34.
“Metallurg” bu jamoalar raqobatidagi eng yirik g‘alabasini 2000 yilgi chempionatda qo‘lga kiritgan. Bekobodliklar o‘sha mavsum o‘z maydonida 6:1 hisobida zafar quchgan. Qo‘qonliklarning yirik g‘alabasi 5:1 (1999) va 4:0 (2003) ko‘rinishini olgan. Jamoalarning birinchi mavsumdagi (1998) har ikkala uchrashuvida bir xil hisobli durang qayd etilgandi – 1:1.
Bu yilgi mavsumning Yaypanda o‘tgan birinchi davra uchrashuvi taqdirini 21-daqiqada Shahzodbek Nurmatov tomonidan kiritilgan yagona gol hal etgandi.
Jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan 12 ta o‘yinida 9 marta mezbonlar zafar quchgan, 1 ta o‘yinda durang qayd etilgan. Yana 2 ta bahs mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlangan.
Manba: "Metallurg" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar