O‘zbekiston Superligasi. "So‘g‘diyona" - "Navbahor" o‘yinida ishlaydigan VAR hakami o‘zgardi
O‘zbekiston Superligasining 18-turi doirasidagi "So‘g‘diyona" - "Navbahor" o‘yinida VAR hakami sifatida Aziz Asimov ishlamaydigan bo‘ldi. Uning o‘rnida Firdavs Norsafarov ishlaydi.
Bunga sabab sifatida esa shu tur doirasida 8 sentyabr kuni "Bunyodkor" - "Neftchi" o‘yinidagi vaziyatlarni tahlil qilish hamda ushbu og‘ir o‘tgan o‘yindagi ruhiy zo‘riqish bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Jizzaxda o‘tadigan markaziy o‘yinga bu hol ta’sir o‘tkazmasligini ta’minlash maqsadida Aziz Asimovning tashabbusi qo‘llab-quvvatlangan.
Manba: O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali.

Fikrlar