O‘zbekiston Suriyaga qarshi uchrashuvda qaysi rangli libosda maydonga tushishi ma’lum

  • 12 yanvar, 2024, 18:50
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi o‘yin bilan Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi. Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

Tecno

Shuningdek, uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ham ma’lum. Bosh hakam — ummonlik Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf, unga hamyurtlari Abu Bakar Salim al-Amri va Rashid Hamid al-Gaiti yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa iroqlik Mohanad Qosim Sarray ishlaydi.

Uchrashuv ertaga soat 22:30 da “Jassim bin Hamad” stadionida start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ishoq Ruziev
12/01/2024 22:46
Oq bo'rilar olg'a
&
Dili
12/01/2024 18:52
Омад ер булсин узбегим