O‘zbekiston terma jamoasi avval ham KONKAKAF vakili bilan o‘ynaganmi?

  • 21 sentabr, 2022, 15:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi kecha Janubiy Koreyaga uchib ketdi. Srechko Katanets shogirdlari ushbu yig‘in doirasida ikkita halqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 27 sentyabr kuni hamyurtlarimizga KONKAKAF vakili Kosta-Rika termasi raqiblik qiladi.

O‘z-o‘zidan savol tug‘ilishi mumkin. Termamiz avval ham ushbu qit’a vakillari bilan o‘ynaganmi? Albatta. 2016 yil Samvel Babayan boshchiligidagi "oq bo‘rilar" "Thermenstadion" o‘yingohida Kanadaga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. Bahsning 20-daqiqasida "Nyukasl" sobiq futbolchisi David Edgar hisobni ochgandi. 61-daqiqada Sergeevning uzatmasidan keyin Eldor Shomurodov gol urib, muvozanatni tiklagan. Uchrashuv yakuniga yaqin himoyachimiz Akrom Komilov sof hujumchilardek harakat qilib, o‘z darvozamizni ishg‘ol qilib qo‘ygandi.

Terma jamoamizning Kanadaga qarshi asosiy tarkibi qo‘yidagicha ko‘rinish olgan:

termasostav

Ushbu tarkibdan hozirda 3 nafar futbolchi: Eldor Shomurodov, Igor Sergeev va Otabek Shukurov terma jamoadagi faoliyatini davom ettirmoqda. Server Jeparov va Aleksandr Geynrix butsalarini mixga ilgan. Qolganlar uchun esa hozircha terma jamoa eshiklari yopiq.

Jaloliddin Qobiljonov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!