O‘zbekiston terma jamoasi bilan muzokaralar o‘tkazayotgan ispaniyalik mutaxassis ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi

  • 20 sentabr, 2023, 09:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimizda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ispaniyalik taniqli mutaxassis,  futzal olamining eng kuchli mutaxassislaridan biri Xose Venansio Lopes bilan muzokaralar o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi.

Tashkilot matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun Xose Venansio Lopes ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda Xose Venansio Lopes bilan muzokaralar natijasi e’lon qilinadi hamda terma jamoamizning keyingi rejalari haqida ma’lumot beriladi.

Matbuot anjumani soat 16:00 da O‘FA majlislar zalida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Дувлан
20/09/2023 11:30
Четдан мураббий олиб келишни мода қилиб олди УФА.Четлилаям хеч нарса қибераолмийди,буджетни шўригина.