
O‘zbekiston terma jamoasi bo‘yicha uzoq kutilgan yangilik!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Bugun jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets karantin o‘tab bo‘lib, Dubay shahriga etib keldi va terma jamoaga qo‘shildi. Shuningdek, futbolchimiz Umidjon Ergashev ham qayta topshirilgan manfiy testdan so‘ng mashg‘ulotlarga kirishdi.
Navbatdagi PTsR testlar topshirgan delegatsiyamiz a’zolaridan faqatgina Odiljon Hamrobekovda musbat natija chiqdi. Karantinga olingan futbolchimiz o‘zini yaxshi his etmoqda va unda kasallik simptomlari kuzatilmayapti.
O‘FA matbuot xizmati
Fikrlar