
O‘zbekiston terma jamoasining 1/8 finalidagi raqibi ma’lum
Argentinada bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshlilar o‘rtasidagi mundialning 3-tur uchrashuvlariga ham etib keldik. "A" guruhidan joy olgan O‘zbekiston 2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi.
Haydarov shogirdlarining raqibi "C" guruhida 2-o‘rinni olgan jamoa bo‘ladi. Ushbu guruhdagi ikkita o‘yin ham yakunlandi. Unda Kolumbiya Senegal bilan durangga imzo chekkan bo‘lsa, Isroil Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub qildi va 2-pog‘onaga ko‘tarildi. Shuningdek, O‘zbekistonning 1/8 finalidagi raqibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Isroil bahsi 31-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar