O‘zbekiston Toshkentda bo‘lgan o‘yinlarda faqat bir marotaba Eronga gol urgan!

  • 20.06.2023 15:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi Toshkentda bo‘lgan uchrashuvlarda faqat bir marotaba gol urgan. 

2020 yilning oktbyar oyida Eron hamda O‘zbekiston o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tgan. Unda vakillarimiz raqibga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Termamiz safida yagona golga Eldor Shomurodov mualliflik qilgan bo‘lsa, forslarning gollari Azmun hamda Taremi tomonidan kiritilgan. 

Qayd etish lozim, birozdan so‘ng O‘zbekiston hamda Eron termalari "CAFA Nations Cup" finali doirasida maydonga chiqadi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!