O‘zbekiston U-16 terma jamoasi sentyabr oyida yurtimizda BAA bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 12 avgust, 2019, 13:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Azamat Abduraimov shogirdlari bir qator musobaqa hamda o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 20-26 avgust kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tadigan “Star Way” nomli Valentin Ivanov xotira-turnirda ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Mazkur musobaqada Turkiya, Serbiya, Rossiya hamda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Tecno

Bundan tashqari Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston U-16 terma jamoasi sentyabr oyida ham yurtimizda o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.

Terma jamoamizga BAAlik tengqurlari raqiblik qiladi. O‘zbekiston hamda Birlashgan Arab Amirliklari o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari 8 va 11 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!