O‘zbekiston U-17 termasi o‘rtoqlik o‘yinida yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 25 aprel, 2023, 18:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Lokomotiv" o‘yingohida O‘zbekiston va Yaman 17 yoshli futbolchilari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Hamyurtlarimiz safida gollarga Al-Haj (avtogol), Laziz Mirzaev, Quvonchbek Abraev (penalti) va Dilshodbek Abdullaev mualliflik qildi. Raqiblarimizning yagona golini Abbas Ali Basarrea kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu yosh toifasidagi futbolchilarimiz 15 iyundan 2 iyulga qadar davom etadigan U-17 Osiyo kubogida ishtirok etadi. Unda vakillarimiz Yaponiya, Hindiston va Vetnam bilan birga "D" guruhidan joy olgan. 

Qayd etish kerak, Bangkok va Chonburida bo‘lib o‘tadigan final bosqichi o‘yinlari qo‘shimcha ravishda FIFA U-17 Jahon chempionatiga saralash ham hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!