
O‘zbekiston U20 - Isroil U20: Qaysi terma jamoaning transfer narxi baland?
Argentinada bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshlilar o‘rtasidagi mundialning 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Kecha Gvatemalani 2:0 hisobida taslim etgan vakillarimiz "A" guruhida 2-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqandi.
Mazkur bosqichda vakillarimiz Isroil yoshlari bilan kuch sinashadi. Taniqli "Transfermarkt" portali talqiniga ko‘ra, raqib jamoa tarkibidagi futbolchilarning umumiy transfer qiymati 3.09 million evrodan iborat. O‘zbekiston U20 termasining transfer narxi esa 2.15 million evro.
Vakillarimiz tarkibida eng qimmat futbolchi Umarali Rahmonaliev hisoblanadi (350 ming dollar). Shuningdek, Isroil tarkibida transfer narxi eng yuqori futbolchi - Ilay Madmun (400 ming evro).
Fikrlar