
O‘zbekiston va A Seriya afsonalari o‘rtasidagi o‘yinga oid ma’lumotlar!
Bugun O‘zbekiston va Italiya A Seriyasi afsonalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Unda vakillarimiz ko‘k, mehmonlar esa, oq rangli liboslarda maydonga tushadi. Bellashuvni sharhlovchilik maktabimiz ustozlaridan Mirzahakim To‘xtamirzaev o‘zbek va rossiyalik jurnalist Nobel Arustamyan rus tilida sharhlab boradi.
Bahsda jahon futbolida o‘z nomiga ega, JCh o‘yinlarini boshqarish bo‘yicha rekordchi Rashvan Ermatov hakam sifatida ishlaydi. Ushbu bellashuvga doir barcha yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring!
Fikrlar