
O‘zbekiston va Janubiy Koreya olimpiyachilari o‘rtasidagi bahsda kuchlar teng keldi
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.
Temur Kapadze shogirdlari bugun mezbonlarga qarshi maydonga tushdi. Bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga etdi.
Dastlab, Alisher Odilov 50-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, bellashuv so‘ngida Kvon Xyok-Gyu muvozanatni tikladi. Shu tariqa, birinchi bahsda g‘olib nomi aniqlanmadi.
Endi olimpiyachilarimiz 27 sentyabr kuni xuddi shu raqibga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Fikrlar