O‘zbekiston va Misr OTJlari o‘rtasidagi Andijonda bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvi jonli efirda namoyish etiladi

  • 5 iyun, 2019, 17:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor joriy yilning 9 va 11 iyun kunlari O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Misr olimpiya terma jamoasiga qarshi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. E’tiborlisi, ushbu bahslarning har ikkalasi ham vodiyda bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Dastlab ushbu jamoalar 9 iyun kuni Andijonda maydonga tushishadi. “Sport” telekanali o‘zining telegramdagi rasmiy kanalida e’lon qilgan dasturga asoslanib aytadigan bo‘lsak, shu kuni “Sog‘lom Avlod”  o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan bahs muxlislar e’tiboriga jonli efirda namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Misr olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 9 iyun kuni soat 18:45da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Behzod Aliev
09/06/2019 15:25
Андижонли мухлислар буш келманглар олга
&
Anvarbek
05/06/2019 18:29
Мухлислар ўйн бошланмагунча ишонмайди бунга сабаб ўзлари!!!
&
Surxon turon
05/06/2019 18:08
Нахотки туф туф кӯз тегмасин