O‘zbekiston va Tojikiston kriket federatsiyalari o‘rtasida memorandum imzolandi

  • 10 fevral, 2023, 21:34
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston kriket federatsiyasi tomonidan kriket sport turini keng ko‘lamda rivojlantirish borasidagi ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Xususan, markaziy Osiyoda kriket bo‘yicha hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan O‘zbekiston kriket federatsiyasi Tojikiston kriket federatsiyasiga taklif yo‘llagan edi. Ushbu taklifaga ko‘ra, 8 fevral kuni Tojikiston kriket federatsiyasi prezidenti Najibullohi Ro‘zi Toshkent shahriga etib keldi.

Federatsiya mas’ullari tomonidan munosib kutib olingan mehmon dastlab O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliev hamrohligida O‘KF tomonidan bunyod etilayotgan kriket stadioni bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Najibullohi Ro‘zi poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan kriket akademiyasini ham borib ko‘rdi va mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga va albatta kriket sport turining tez fursatlarda rivojlanish bosqichiga o‘tganligini havas bilan e’tirof etdi.

Bugun 10 fevral kuni esa O‘zbekiston kriket federatsiyasida federatsiya raisi Aziz Mixliev hamda Tojikiston kriket federatsiyasi raisi Najibillohi Ro‘zi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi. Ushbu imzolangan hujjatga ko‘ra, endilikda har ikkala mamlakat kriketchilari o‘rtasida xalqaro kriket kengashi (ICC) tomonidan ta’sis etilgan uch bosqichli xalqaro musobaqalarni o‘zaro hamkorlikda o‘tkazishadi va bu bilan har ikkala federatsiyalar xalqaro kriket kengashi (ICC) talablarini bajarib borishgan bo‘ladi.

Memorandumga muvofiq, joriy yilning may oyida Tojikistonning kriket bo‘yicha erkaklar va ayollardan iborat terma jamoalari Toshkentga tashrif buyurishadi va ilk bor mamlakatimizning kriket bo‘yicha terma jamoalari bilan o‘zaro bellashadi.

photo_2023-02-10_21-30-49

photo_2023-02-10_21-31-05

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!