O‘zbekiston yoshlari Osiyo o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi!

CHERY AUTO

O‘zbekiston delegatsiyasi Bahraynda yakuniga etayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlaridagi ishtirokini tugatdi. Qit’amizning 45 mamlakatidan 4000 nafardan ortiq yosh sportchisi ishtirok etgan mazkur musobaqada yosh atletlarimiz yuksak mahorat va jasorat ko‘rsatib, murosasiz bellashuvlarda 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza, jami 81 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoydan keyin faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Tecno

Ushbu natijaning tarixiyligi shundaki, delegatsiyamiz  I Osiyo yoshlar o‘yinlarida 3 ta bronza, II O‘yinlarda esa 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bu gal mazkur raqamlar ancha salmoqli ko‘rinish oldi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!