O‘zbekistonda yana xorijga ketishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar bormi?

  • 21 fevral, 2024, 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Qatarda o‘tkazilgan ikki yirik futbol anjumani – 2022 yilgi jahon chempionati va yaqinda yakunlangan Osiyo kubogi musobaqalarida menejer sifatida mas’ul vazifalarni bajargan o‘zbekistonlik mutaxassis Alisher Nikimbaev  metaratings.ru saytiga bergan intervyusida etakchi futbolchilarimiz haqida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

IMG_1167

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga intervyuning eng qiziqarli qismlarini havola etadi.

–  Abbosbek Fayzullaev Eldor Shomurodovning darajasidan o‘tib keta oladimi?

– Agar Abbos Eldordan bir necha yil erta boshqa chempionatga o‘tganini inobatga olsak, ha, o‘tib keta oladi. Shomurodov – o‘rta chiziqqa bog‘lanib qolgan o‘yinchi, Abbos esa, kreativroq va o‘zi hamma narsani mustaqil tarsda uddalay oladi.

Fayzullaevning istiqboli  ko‘proq. Shomurodov qat’iyatliligi va mehnatsevarligi bilan kuchli. Eldor o‘z davrining eng iste’dodli o‘yinchisi bo‘lmagan, lekin juda katta narsalarga erisha oldi. Endi hamma narsa ham faqat Abbosning futboldagi sifatlariga bog‘liq emas, buyuk karera uchun salohiyati etishiga umid qilaman.

– Shomurodovning yo‘qligi terma jamoaga jiddiy ta’sir o‘tkazdimi?

– Ha, jamoa hujumda xavfli bo‘lmay qoldi. Oldingi chiziqda o‘zgarishlar qilish imkoni yo‘qoldi, jamoa hujumchisiz o‘ynadi.

Biz umuman boshqa O‘zbekiston terma jamoasini ko‘rdik, qolaversa, hali etarli darajada o‘ynab ulgurmasida yana bir hujumchi – Igor Sergeev ham safdan chiqdi. Eng asosiy uchrashuvlarda, oldingi chiziqda kurashish talab etilgan haqiqiy hujumchilar kerak bo‘lgan pallada yarim himoyachilar o‘ynadi.

– Rossiyada ko‘pchilik Oston O‘runovni ham kuzatardi. U ishonchni oqlay olmadimi?

– Shomurodovning yo‘qligi ko‘p narsani o‘zgartirdi. Futbolchilarning maydondagi roli o‘zgarib ketdi. Chunki hujumchi yo‘q edi. Ha, Oston ishonchni kutilgan darajada oqlay olmadi, lekin hafsalani pir qilgani ham yo‘q. Yaxshiroq o‘ynashi va harakat qilishi mumkin edi.

Bu turnir to‘rt yilda bir o‘tkaziladi va uni hamma sabrsizlik bilan kutadi.  O‘runov ortiqcha umidlarni oqlagani yo‘q. Uning darajasi shu. Hozir u Eron chempionatidagi o‘tdi, o‘sha yorda qanday o‘ynashini kuzatamiz.

– O‘zbekistonda yaqin kelajakda xorijga ketishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar bormi?

IMG_1193

– Bir yil oldin Abbosbek Fayzullaevni hech kim bilmas edi. Hozir u Rossiyada mashhur futbolchiga aylangan.

Yaxshi o‘yinchilar ko‘p, faqat bu futbolchilarni tarbiyalash va ular bilan ishlash lozim.

Shomurodov haqida yaxshi xabar!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
21/02/2024 12:32
Uzbekiston klublarinin minus tarafi chetdan oyinchi olib kelishadi va tekinga qoyib yuborishadi oyinlarga muhlislar kirmaydi buyam bir minus klublarga xech qanakasiga daromad kelmaydi shuning uchun ham klublar ya xokimiyatni qolida xech kanakasiga xususi klub yok kimga keragi bor daromadsiz rasxot
Rasul M
21/02/2024 12:21
Mana men aytgan gapni Nikimbayev ham aytdi Ostondan ortiqcha narsa kutib bolmaydi uning darajasi shu u faqat ortamiyona va undan pastgi jamoalarga qarshi yaxshi oyin korsatadi
Максуд Каюмов
21/02/2024 01:37
Файзуллаевга гап йук....ха у уддалайди хаммасини