Shomurodov haqida yaxshi xabar!

  • 21 fevral, 2024, 07:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol muxlislarining aksariyatini Eldor Shomurodovning holati qiziqtirishi tabiiy. 28 yoshli forvard uch oydan beri jarohatini davolatish bilan ovora.

Tecno

Yaqinda Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogida ham O‘zbekiston milliy terma jamoasining yanada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga Eldor Shomurodovning yo‘qligi ham ta’sir o‘tkazayotganini ta’kidlayotganlar ham ko‘p.

35971146_0_67_1280_787_1920x0_80_0_0_f2cc4b33819d404fe611a9ff928985f2

Ayni paytda ko‘pchilik Eldor Shomurodovning maydonga qaytishini kutmoqda.

“Kalyari” faoliyatini atroflicha yoritib kelayotgan cagliarinews24.com sayti eksperti Lorentso Shirru o‘z manbalariga tayangan holda Klaudio Raneri jamoasi ichidagi muhim axborotlarni tarqatmoqda. Bu mutaxassis o‘zbek legioneri atrofidagi vaxiyatga ham oydinlik kiritdi.

- “Kalyari”ni muhim bahs – Italiyaning amaldagi chempioni “Napoli”ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Klaudio Raneri jamoasida hali mavsumning ikkinchi yarmida o‘ynamagan ayri o‘yinchilar safga qaytishi kutilmoqda.

Ular orasida Eldor Shomurodov ham bor. O‘zbek hujumchisi o‘ng oyog‘idagi jarohat tufayli mayonga tusha olmayotgan edi. Raneri neapolliklar bilan bo‘ladigan bahsda Eldor Shomurodovga ishonch bildirishi mumkinmi? O‘yinga hali bir necha kun vaqt bor. Eldor Shomurodov esa, tez orada guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Shunday ekan, o‘zbek legioneri kamida o‘yin qaydnomasidan joy olishi kutilmoqda,  - deb yozdi Lorentso Shirru.

Bundan tashqari, yana bir nufuzli manba –  L'Unione Sarda nashri ham jarohatidan to‘liq qutilish arafasida turgan futbolchimiz bir hafta ichida safga qaytishi haqida ma’lumot tarqatdi.

- Yana ozgina sabr qilishi kerak. “Kalyari” Eldor Shomurodovning qaytishi kutyapti. Sardiniyaliklarning “Napoli” bilan o‘yini 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik futbolchini yana bir haftaga yaqin kutish lozim. Shomurodov A Seriyada 11 dekabrda “Sassuolo”ga qarshi g‘alabali uchrashuvda qatnashganidan buyon hali ko‘rinish bergani yo‘q, - deb yozdi L'Unione Sarda nashri.

Eslatib o‘tamiz, A Seriyaga qaytgan “Kalyari” yozda Eldor Shomurodovni “Roma”dan bir million evro evaziga mavsum oxiriga qadar ijaraga olgandi. Sardiniyaliklarda o‘zbek legionerining transfer huquqini 9 million evroga to‘liq sotib olish imkoni bor.

Biroq Eldor Shomurodov yuqori sport formasiga chiqish uchun ko‘p vaqt sarflab yuborgani bois, “Kalyari”da ham zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi. Endigina formasini tiklab, jamoasiga samara keltira boshlagan pallada og‘ir jarohat olib, operatsiya qilindi.

Qishki transferlar oynasi davrida Eldor Shomurodovni “Salernitina” o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgandi. Salernoliklar transfer masalasida “Roma” bilan kelishuvga  erishdi. Hamyurtimiz ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga tayyorligi aytilgandi.

Atalanta_Cagliari_09242023

Biroq, “Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri tarkibdagi muammolar tufayli Eldor Shomurodovni qo‘yib yubormagani xabar qilindi. Endi tez orada tajribali legionerimiz maydonga qaytishi kutilmoqda.

Legionerimiz Evropa Chempionlar ligasida porlashni ko‘zlayapti

O‘zbek klubiga yutqazgan futbolchi katta va’da berib qo‘ydi

Legionerimiz gol urdi

O‘zbek hujumchisini Premer-liga klubi o‘z safiga qo‘shib oldi

O‘zbek futbolchilari legionerga aylanishga tayyor

“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevni “Bavariya”ga o‘tkazish yo‘lini aytdi

Osiyo kubogi futbolchilarimizga yangi jamoalarga yo‘l ochdi

Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!