O‘zbekistondagi Paralimpiya o‘yinlariga Rivaldo tashrif buyurganini bilasizmi? (FOTO)

  • 14 aprel, 2020, 13:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi 2007 yilda tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida tashkilot Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi, xalqaro federatsiyalar hamda milliy paralimpiya qo‘mitalari bilan faol hamkorlikda imkoniyati cheklangan insonlar o‘rtasida sportni yanada rivojlantirishda ulkan ishlarni amalga oshirdi.

Tecno

Jumladan, 2007 yildan boshlab ilk bor O‘zbekistonda muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida Paralimpiya o‘yinlari tashkil etildi. Ushbu musobaqalarga mashhur sportchilar taklif etildi. Braziliyalik futbol yulduzi Rivaldo ham shular jumlasidandir.

Ushbu Paralimpiya o‘yinlari 2008 yilda keng ko‘lamda tashkil etildi. Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasidagi tadbirda 2000 dan ortiq imkoniyati cheklangan insonlar ishtirok etishdi.

Quyida ushbu tadbirlardan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!