O‘zbekistonga "Atletiko"ning qaysi jamoasi keladi? - Ravshan Ermatovdan javob

  • 24.05.2021 09:50
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Toshkent Besh tashabbus harakati" doirasida Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bilan yoshlarning ochiq muloqoti o‘tkazildi.

Tecno

Ravshan Ermatov Ispaniya futbol klubi "Atletiko Madrid" jamoasining O‘zbekistonga kelishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi. Bu haqda "Uzreport" rasmiy sayti xabar berdi.

Xabaringiz bor, yaqinda turizm va sport vaziri Ispaniya va Italiya safarlarida bo‘ldi. Safar chog‘ida "Atletiko Madrid" klubi vakillari bilan muzokaralar olib borilgan.

Biz ular bilan qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashishimiz mumkinligi, xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari, murabbiylarni Ispaniyaga malaka oshirishga yuborish, yosh futbolchilarimizni klub akademiyasiga joylash kabi masalalarini qo‘ydik.

Bilasiz, "Atletiko Madrid" jamoasining grafigi juda tig‘iz, shuning uchun hozircha, klubning yoshlar jamoasidan boshlab turamiz. Keyinchalik, kattalar jamoasi, vaqti kelsa Ispaniya terma jamoasi bilan ham o‘ynash imkoniyatimiz bo‘ladi, – dedi Ravshan Ermatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
24/05/2021 14:51
Хабарингиз полон пустон қилиб гапни чўзмасдан қисқа ва лонда йозишни иложи йўқми. Одамни гашини келтирасиларда чутки каротки ва тушунарли йозсайнаку. Русларни сайтида силарга ўхшаб чўзиб ўзидан чупчагла тўқимайди бўладигон гапни йозади қўйади. Майли савияйна ошиб сал ўзийнага келиб қоларсила
TV TV
23/05/2021 22:16
Биз билгандик ва кутгандик катталар жамоасини келмаслигини.