O‘zbekistonlik bokschi mag‘lub bo‘lmagan Afrika vakiliga imkon qoldirmadi!

  • 9 iyun, 2024, 09:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Kecha, Xitoyning Foshan shahrida professional boks kechasi tashkil etildi. Mazkur boks oqshomida o‘zbekistonlik Kamron Eshmatov ham ringga ko‘tarildi. Javlon Eshmatov hamda Sardor Razzaqov shogirdi bo‘lgan yurtdoshimiz ugandalik mag‘lubiyat bilmay kelayotgan David Ssemujjuga (5-0) qarshi bahs yuritdi. 8 raundlik qilib belgilangan ushbu qarama-qarshilik to‘liq davom etdi. Yakunda, raundlar mobaynida yaqqol ustunlik qilgan hamyurtimiz haqli tarzda g‘alaba qozondi va raqibiga 5 g‘alabali seriyadan so‘ng, ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi. O‘zi esa ketma-ket 8-g‘alabasiga erishdi.
E’tiborli jihati, yurtdoshimiz 7 ta jangini engil vazn (61,2 kg) toifasida o‘tkazgandi. Bu safar esa yarim o‘rta vazn (66,6 kg) toifasida ringga ko‘tarildi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!