O‘zbekistonlik bokschi to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng yana jang qiladi

  • 27 aprel, 2021, 20:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksda faoliyat yuritib, 5 ta seriyali g‘alabadan so‘ng, 4 yil tanaffusda bo‘lgan yurtdoshimiz Botirali Mamajonov yana ringga qaytmoqda. U 8 may kuni AQShning Florida shtatida tashkil etilayotgan jang oqshomida, birinchi og‘ir vazn toifasida ringga ko‘tariladi. Mazkur jangda Mamajonovga kim raqiblik qilishi hozircha ma’lum emas. 

Tecno

Biz hamyurtimiz bilan bog‘lanib, ushbu jang va faoliyatiga oid fikrlari bilan qiziqdik...

- Hozirda jangga tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Uzoq tanaffusdan so‘ng ringga qaytmoqdaman. Ochig‘i biroz qiyin bo‘ladi, deb o‘ylagan edim. Lekin sparringlar yaxshi davom etmoqda. Raqib borasida bir necha variantlarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Yaqin kunlar ichida aniq bo‘ladi", - deydi Mamajonov. 

Ma’lumot uchun, Botirali Mamajonov so‘nggi jangini 2016 yil 14 oktyabrda o‘tkazib, Larri Xarrisni texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
27/04/2021 23:27
Омадини берсин шу ватандошимизни ҳам, ўзбек боксни довруғини дунё узра таратиб юрсин. Илоҳим чемпион бўлсин. Бизда иқтидорлар оллоҳга беҳисоб шукур кўп. Улар ўзларини албатта намоён қилишади. Биз ишонамиз.