
O‘zbekistonlik futzalchi legionerga aylandi
Iste’dodli futzalchi Sevastyan Mojaev legionerga aylandi.
Vakilimiz Qozog‘istonning "Ordabasi" klubi bilan shartnoma imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, u mavsum so‘ngiga qadar chimkentliklar sharafini himoya qiladi.
23 yoshli futzalchi joriy mavsum "Paxtakor" tarkibida 6 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta golni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgandi.
O‘zPFL matbuot xizmati
Fikrlar