"O‘zbekistonlik Habib" "UAE Warriors 52" turnirida jang qiladi

  • 27 iyul, 2024, 13:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Ertaga 28 iyul kuni Abu-Dabida "UAE Warriors 52" turniri bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu MMA oqshomida o‘zbekistonlik Doniyorbek Ro‘ziev shogirdi Kamronbek Ortiqov ham jang qiladi. "O‘zbekistonlik Habib" nomi bilan tanilayotgan yurtdoshimiz filippinlik Niko Aljeoga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Mazkur jang super engil vazn (57,6 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi. Belbog‘lik kurash bo‘yicha jahon chempioni hisoblanadigan Kamronbek Ortiqov ONE FCda ham ikkita jang o‘tkazib, bir g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan. Ortiqov ushbu jangga zahiradan qo‘shildi. Ya’ni Aljeoning raqibi jangga chiqa olmaganligi tufayli, hamyurtimizda ushbu jangda ishtirok etish imkoniyati yuzaga keldi. 
Ma’lumot uchun, kamron Ortiqovning rekordi 3-1 bo‘lsa, Aljeo 4-3 ko‘rsatkich qayd etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!