O‘zbekistonlik hakam Ispaniyadagi turnirda ishlamoqda

  • 15 noyabr, 2024, 17:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning noyabr oyida Ispaniyaning Barselona shahrida “IFCPF World Cup-2024" musobaqasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Ahamiyatli jihati, ushbu musobaqa bahslarida ishlash uchun hakamimiz Akmal Rahimov tayinlov olgandi.

Ushbu musobaqa doirasida hakamimiz 9 noyabr kuni Ispaniya – Ukraina (0:4) ochilish o‘yini va 14 noyabr sanasidagi Venesuela – Germaniya (0:2) bahslarida bosh hakamlik qildi. Shuningdek, Angliya – Yaponiya (6:0), Avstraliya – AQSh (0:5) va Braziliya – Angliya (1:0) uchrashuvlarida zaxira hakami sifatida ishtirok etdi. 16 noyabrdan ushbu turnir doirasida pley-off bahslari boshlanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, hamyurtimiz o‘tgan yilgi “IFCPF World Cup-2024" turniriga ham tayinlov olgandi. Vakilimizga kelgusi uchrashuvlarda omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!