O‘zbekistonlik hakamlar Sharqiy Osiyo chempionati uchrashuvlarida ishlashmoqda

  • 18 dekabr, 2019, 13:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Busan shahrida Sharqiy Osiyo futbol federatsiyasi chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Sharqiy Osiyo chempionatining final qismida 4 mamlakat jamoalari – Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy va Gonkong terma jamoalari bosh sovrin uchun bahs olib borishmoqda.

Mazkur musobaqa uchrashuvlarini boshqarib borish uchun o‘zbekistonlik hakamlar ham taklif etilgan. Ilgiz Tantashev va Jahongir Saidov hozirga qadar musobaqaning bir qator o‘yinlarida ishlab ulgurishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun Sharqiy Osiyo chempionati-2019ning hal qiluvchi bahsi o‘tkaziladi. Unda Janubiy Koreya Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvni Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. O‘yinni o‘z foydasiga hal etgan terma jamoa musobaqa g‘olibiga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!