O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?

  • 1 may, 2024, 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi Bogdan Guskov UFC reytingida eng kuchli 15 nafar jangchi qatoriga qo‘shildi.

Tecno

31 yoshli sportchi kuni kecha AQShda tashkil etilgan UFC Fight Night turnirida yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida o‘tkazilgan to‘qnashuvda amerikalik Rayan Spenn bilan kuch sinashib, raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.

Yangi reytingda mana shu natija ham inobatga olindi. Professional faoliyati davomida 16 ta g‘alab va uchta mag‘lubiyat qayd etgan Bogdan Guskov reytingda 12-qatorga ko‘tarildi.

Mag‘lubiyatgacha 11-o‘rinni egallab turgan Rayan Spenn (21 ta g‘alaba, 10 ta mag‘lubiyat) 15-pog‘onaga tushib ketdi.

Roman Guskov eng kuchli jangchilar reytingida yuqoriga ko‘trilganini quyidagicha izohladi.

- Men O‘zbekiston janglari orasida top darajaga yorib kira olgan birinchi jangchi bo‘ldim. O‘zbekistondan UFC bo‘yicha jang qilayotgan yana ikki yigit bor, lekin men birinchi bo‘lib yuksak natijaga erishdim. Hozir juda baxtiyorman, - dedi Bogdan Guskov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!