O‘zbekistonlik muay tay ustalari Tailanddagi XVI jahon chempionatida ishtirok etishadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning 12-18 mart kunlari Tailandning Pattayya shahri muay tay bo‘yicha havaskorlar va professionallar o‘rtasida XVI jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Unda 50 nafar ortiq turli yoshdagi muay taychilar yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Dastlab 12 mart kuni havaskorlar o‘rtasida bellashuvlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Mazkur musobaqaga terma jamoamiz a’zolarining bir qismi 8 mart kuni yo‘l olgan bo‘lsa, qolgan sportchilar 11 mart kuni etib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!