O‘zbekistonlik mutaxassis xorij klubida bosh murabbiy bo‘ldi

  • 22 sentabr, 2023, 19:21
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik mutaxassis Islom Ahmedov 2023 yil boshida "Bunyodkor" klubi akamediyasi direktori lavozimini tark etganidan so‘ng qo‘shni Qirg‘iz Respublikasida faoliyat olib borayotganda.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimiz bir necha kun avval “Abdish-Ota” klubi bosh murabbiyiga aylangan. Jamoaning avvalgi ustozi, 3 yildan beri "Abdish-Ota"ni boshqarib kelgan Arikan Abdurahmon lavozimini tark etdi.

Turkiya va Niderlandiya fuqaroligiga ega mutaxassis bilan shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilingan. Uning o‘rnini avvalroq ushbu lavozimda ishlab kelgan o‘zbekistonlik mutaxassis Islom Ahmedov egalladi. Vakilimiz o‘tgan yili "Dordoy" klubi murabbiylar shtabida maslahatchi murabbiy sifatida ishlagandi. Ahmedov bilan shu yil oxirigacha shartnoma imzolandi.

photo_2023-09-21_19-10-40

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!