O‘zbekistonlik sambo bo‘yicha jahon chempionlari 10 000 AQSh dollari bilan taqdirlandi

CHERY AUTO

Farmoyishga ko‘ra, oltin medalni qo‘lga kiritganligi uchun:

Tecno
So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, yosh, iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga xalqaro sport arenalarida vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib kelayotgan iqtidorli sportchilarni rag‘batlantirishga ham ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda.
 
O‘tgan yilning 3-9 noyabr kunlari Serbiyaning Novi-Sad shahrida sportning sambo turi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida yuqori natija qayd etgan sportchilar va ularning murabbiylarini taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.

Boqiev Bahodir Narzullaevich hamda Hamroev Davlatjon Alisher o‘g‘li 10 000 AQSh dollari bilan,

Kumush medalni qo‘lga kiritganligi uchun:

Og‘ajonova Ibodatxon Lochinbek qizi;

Yoqubov Ne’mat Isoq o‘g‘li;

Ro‘ziev Furqat Iskandarovich;

Saidamatov Lutfulla Xayrulla o‘g‘li 5 000 AQSh dollari bilan,

Bronza medalini qo‘lga kiritganligi uchun:

Gadoev Dilshod Aslam o‘g‘li;

Ernazarov Sarbon Solijon o‘g‘li;

Ziyaeva Gulnoza Mavlonkulovna;

Raxmonov Ulug‘bek Avazjon o‘g‘li 2 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, tayyorlagan sportchilari oltin medalni qo‘lga kiritganligi uchun Ahmedov Umid Xamroqulovich hamda Jo‘raev Farhod Ashurovichlar 3 000 AQSh dollari bilan, shogirdlari kumush medalni qo‘lga kiritganligi uchun:

Ahmedov Abdug‘ani Hamroqulovich;

Jo‘raqulov Xudoynazar Rajabovich;

Qoraboev Jahongir Sodiqovich;

Rasulov Bahrom Narimanovich 1 500 AQSh dollari bilan hamda shogirdlari bronza medalini qo‘lga kiritganligi uchun Asrorov Sardor Mehroj o‘g‘li, Xalikova Xurshida Narzullaevna, Gulyamov Ravshan Toirovich hamda Shakirov Roman Ildarovichlarning ham har biri 1 000 AQSh dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Manba:minsport.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ziyoviddin Usmanov
12/04/2021 23:46
Shuni bulsa xam berishibdiku