O‘zbekistonlik sportchilarining muxlislar orasida mashhur bo‘lgan nomlari (2-qism)

CHERY AUTO

Bir necha kun avval sportchilarimizning( jangovar sport turlari) xalq orasida qanday nom bilan mashhur bo‘lganligi haqida ma’lumot bergandik. Unda asosan faoliyatini yakunlagan, hozirda murabbiylik va boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘lgan, o‘z vaqtining yulduzlarini tanishtirganmiz...

Bu safar esa, ayni vaqtda jahon arenalarida javlon urayotganlar ko‘proq o‘rin olgan.

Demak, boshladik:

 Mansur Tugizboev – MMA jangchisi, referi

Mazkur sportchimiz, MMA olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lganlardan biri hisoblanadi. Uni MDH davlatlarida juda yaxshi bilishadi. Qozog‘iston promoushenlarida, Qirg‘iziston, buyog‘i Rossiya oktagonlarida bir necha bor ajoyib janglar o‘tkazgan. Hozirda, murabbiy va MMA janglarida referilik qilmoqda. U muxlislar orasida “Mangust” nomi bilan mashhur.

Mansur

Muzaffar Rajapov – MMA jangchisi

Uzoq yillardan buyon horij oktagonlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilarimizdan biri hisoblanadi. Ayni kunda ham faoliyatini davom ettirish bilan birga Buxoro shahrida “Amir Temur” klubida yoshlarga murabbiylik ham qiladi. Uni muxlislar “Buxoro yo‘lbarsi” deya atashadi.

muzaffar

Fazliddin G‘oyibnazarov – bokschi

Rio Olimpiadasi chempioni, hozirda professional boksda faoliyat yurityapti. Uning natijalari va yutuqlaridan barcha xabardor. Bu bokschimizni odatda do‘stlari, yaqinlari “Fayzi” deb chaqirishadi. Shuning uchun, bu uning asosiy tahalussi desak yanglishmagan bo‘lamiz.

fayzi

Olim Nazarov -bokschi

WBO Oriental Fly Title kamari sohibi bo‘lgan yurtdoshimiz tez orada navbatdagi jangini o‘tkazadi. U Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. O‘ta engil vazn toifasida jang olib boruvchi Olimjonni boks ishqibozlari “Kichik Tayson” deb atashadi.

Olimjon

Qudratullo Abduqahhorov – bokschi

O‘zbek bokschilari orasida eng reytingi baland hisoblanuvchi Qudratullo ham tez kunda IBF ning vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi. Ushbu yurtdoshimizni ringdagi mexnatkashlii, asta-sekin ko‘zga ko‘rinmas zarbalari bilan raqibini holdan toydirishidan kelib chiqib, “The Punisher” ya’ni "Jazolovchi" nomini olgan.

kudrat

Nursulton Ro‘ziboev – MMA jangchisi

Nursulton o‘zbek MMA olamida yaxshigina obro‘ga ega sanaladi. Uni ham butun MDH olamida yaxshi bilishadi va uni “Black” deb atashadi.

Nursulton

Shahram G‘iyosov-bokschi

Rio Olimpiadasi sovrindori, Jahon chempioni bo‘lgan yurtdoshimizni ba’zilar boksdagi Ronaldu ham deb qo‘yishadi. Albatta, bu g‘alabaning nishonlashidan kelib chiqqan. Lekin uni horijda “Wonder Boy” ya’ni “G‘aroyib bola” deb atashadi.

Shahram

Azizbek Abdug‘ofurov -bokschi

WBC Silver kamari sohibi bo‘lgan yurtdoshimiz ham professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. Uni jang avvalida “AAA” deb e’lon qilishadi.

Aziz-Dmitr (17)

Isroil Madrimov- bokschi

Jahon professional boks olamida 2019 yil eng katta shov-shuv ko‘targan yurtdoshimiz ham o‘ziga xos tahallusga ega. Uni horij matbuotida ham "The Dream" ya’ni "Orzu" deb e’tirof etishadi.

Isroil

Azamat Nuftillaev – MMA jangchisi

Mahoratli jangchimiz bir qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. U nafaqat MMA balki universal jang, K-1, umuman olganda jangovar sport turlarining bir necha turidan yaxshi natijalar qayd etyapti. Ushbu sportchimiz muxlislar orasida “Ajdar” nomi bilan tanilgan.

Azamat

Bektemir Meliqo‘ziev – bokschi

Tug‘ma iste’dod bo‘lgan bu charmqo‘lqop ustasining zarbalaridan AQShlik murabbiylar ham hayron qolgan. Va o‘z-o‘zidan unga “BEK Bully nomi berishgan. Ya’ni,“Bezori Bek” deya e’tirof etiladi. O‘zimizning muxlislar orasida esa shunchaki “Bek” nomi bilan mashhur...

12725107

 Davomi bor...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!