
O‘zbekistonlik yosh nokautchi qozog‘istonlik iste’dodga qarshi jang qiladi
O‘zbekistonlik iste’dodli MMA jangchisi Azizbek Temirov “Oktagon 57” turnirida jang qiladi. U qozog‘istonlik o‘zi kabi mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirayotgan Nur Abdirakinovga qarshi bahs yuritadi. Xabaringiz bor, Azizbek Temirov mashhur MMA jangchisi Ramazon Temirovni ukasi sanaladi va u ham akasi kabi Jasur Alijonov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boradi. Azizbek Temirov Oktagon ligasi bilan shartnoma imzolab, ilk jangini Ozarbayjon vakili zafar abdurahmonovga qarshi o‘tkazdi va texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi.
Ma’lumot uchun, Azizbek Temirov hamda uning qozog‘istonlik raqibining rekordi bir xil 3-0 ko‘rinish olgan.
Fikrlar