
O‘zDJTSU boks jamoasi Xalqaro universitet sporti o‘yinlarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi
16-31 avgust kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida Xalqaro universitet sporti o‘yinlari festivali bo‘lib o‘tadi. Mazkur festivalda BRIKS, MDH va ShHTga a’zo davlatlar bilan bir qatorda O‘zbekiston talaba-sportchilari ham ishtirok etadi. Xususan, O‘zbekiston davlat jismoniy tabriya va sport universiteti boks terma jamoasi ham Rossiyaga jo‘nab ketdi.
Tarkib quyidagicha ko‘rinish olgan:
Erkaklar:
-51 kg: Muhamqodir Mamirjonov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Aydos Tagaybaev
-67 kg: Jahongir Ibadullaev
-92 kg: Arman Maxanov
Ayollar:
-63 kg: Mohinabonu Abdullaeva
Murabbiylar:
G‘ayrat Matkarimov
Yuriy Serebryakov
Fikrlar