O‘zilning "Fenerbahche" bilan muzokaralar o‘tkazgani rostmi?

  • 19 dekabr, 2020, 12:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

O‘zilning agenti “Fenerbahche” bilan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi.

“Ha, biz “Fenerbahche” bilan muzokaralar o‘tkazganimiz rost. Ammo transfer masalasida yanvargacha biron narsa deya olmaymiz”, - dedi agent.

32 yoshli O‘zilning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli u yanvardan boshlab boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!