Panamaga qarshi o‘yinda gol va assist qayd etgan Abubakr Shukurillaev g‘alabaga izoh berdi

  • 11 noyabr, 22:11
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar mamlakatida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati davom etmoqda. Bugun O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Panamaga qarshi o‘yinda 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, pley-offga yo‘l oldi. Uchrashuvdan so‘ng Abubakr Shukurillaev o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Assalomu alaykum hammaga. Panamaga qarshi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi taymda jamoamizning o‘yini chiqmadi va o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Tanaffusda esa murabbiy Islom Ismoilov bizga motivatsiya berdilar. Ikkinchi taymda o‘zimizni qo‘lga olib maydonga chiqdik va 6 ta gol urishni uddaladik. Biz Osiyo musobaqasida Vatan uchun, ota-onalarimiz va murabbiylarimiz uchun harakat qildik. Bu Jahon chempionatida esa oldin aytganlarimga yana bitta narsa qo‘shildi. Uni chempion bo‘lganimizdan keyin aytaman", — dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!