Panshanbening goli Yaponiyadan ochko olishga etmadi

  • 7 iyun, 2021, 18:17
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon Chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda. "F" guruhida ishtirok etayotgan Yaponiya Tojikistonni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Dastlab, mezbonlar vakili Kyogo Furuxasi tezkor goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, "Navbahor" yarim himoyachisi Exsoni Panshanbe oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Bo‘lim yakuniga qadar Takumi Minamino tarozi pallalarini jamoasi tomonga o‘zgartirdi. Ikkinchi taymda Kento Xasimoto hamda Kavabe Xayaoning gollari hisob yirik ko‘rinishga kelishiga sabab bo‘ldi.

Shunday qilib, ketma-ket 7-o‘yinda g‘alaba qozongan Yaponiya ochkolari sonini 21 taga etkazib olgan holda, peshqadamlikni mustahkamladi. 10 ochko jamg‘argan Tojikiston 2-o‘rinda joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!