Para armrestlingchilarimiz para Osiyo o‘yinlarini 9 ta medal bilan yakunladi!
Xabar berganimizdek, Dubay shahrida davom etayotgan V yoshlar o‘rtasidagi para Osiyo o‘yinlari doirasida para armrestling bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Bellashuvlarda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakunda 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallarini naqd qilishdi.
Oltin:
Akmalxon Xayrullaxonov
Azizbek Salohiddinov
Zohid Turdaliev.
Kumush:
Zohid Turdaliev
Akbar Bozorov
Saida Ko‘chieva
Akmalxon Xayrullaxonov.
Bronza:
Saida Ko‘chieva
Akbar Bozorov.
Bu haqda O‘zbekiston Sport vazirligi xabar bermoqda.



Fikrlar