Para taekvondochilarimiz jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
Kecha Istanbul mezbonligida o‘tgan para taekvondo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘z nihoyasiga etdi.
Bundan biroz avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni Guljanoy Naimova ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi va dunyoda tengsiz ekanini yana bir bor isbotladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha ayollar o‘rtasida -47 kg vazn toifasida Ziyodaxon Isoqova hamda erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida Lutfullo Qodirov bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Shu tariqa ushbu nufuzli musobaqada 7 nafar sportchi bilan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda 2 ta bronza va 1 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi. Aytish kerakki, bu galgi jahon chempionatida sayyoramizning 41 ta mamlakatidan 300 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.



Fikrlar