Para tog‘ chang‘isi bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi

BEPUL PROPAN

Para tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.

Ushbu yig‘inga 5 nafar sportchi jalb etilgan:

Firdavs Hidoyatov
Zafar Nosirov
Karamat Quvandikov
Yulduz Mahmudova
Asel Turdimuratova

Ta’kidlash kerakki, bu kabi xalqaro yig‘inlar 2026 yil Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetstso shaharlarida bo‘ladigan XIV qishki Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan para sportchilarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Para tog‘ chang‘ichilarimizning Dubaydagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini joriy yilning 18 iyulga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!