Paragvay terma jamoasining tarixiy rekordi yangilandi
Paragvay terma jamoasi hujumchisi Oskar Kardoso kecha Qatarga qarshi bo‘lib o‘tgan Amerika kubogining ilk turida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
36 yoshli futbolchi uchrashuvning 4-daqiqasida hakam tomonidan belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. E’tiborlisi, Kardoso shu tariqa Paragvay terma jamoasi tarixida Amerika kuboklarida gol urgan eng yoshi katta futbolchi sifatida tarixga kirdi. Bu haqda Mister Chip nashri xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, bungacha bu boradagi rekord Delfin Kaseresga tegishli edi. U 1946 yilgi qit’a birinchiligida 35 yosh 124 kunlik paytida gol urishga erishgan.
Fikrlar