
Paralimpiya harakati: Hududlarga tashrif davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati va mutaxassislaridan tashkil topgan maxsus ishchi guruh a’zolari mamlakatimizda Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hududlarga tashrif buyurib, holatni o‘rganmoqda.
Ishchi guruh a’zolari hozirda Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilinishi holati, bu borada sport ta’lim muassasalarida ular uchun yaratilgan sharoitlar hamda paralimpiya yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirgan trener va mutaxassislarning faoliyati tahlil qilindi. Shu bilan birga, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarni qabul qilish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.
Yig‘ilish davomida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan insonlar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini yanada oshirishda mahallabay ishlash tizimidan foydalanish zarurligi va bu borada Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi balan ishlab chiqilgan tavsilarga tayanish kerakligi ta’kidlab o‘tildi hamda shu mavzuda tayyorlangan maxsus taqdimotlar namoyish etildi.
Bundan tashqari, jismoniy imkoniyati cheklanganlar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini oshirishda mahallab ishlash tizimidan foydalanish zarurligi va bu borada Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi balan hamkorlikda ishlab chiqilgan tavsilardan foydalanish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
Fikrlar