Paralimpiya. Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etgan para atletlarimiz tantanali kutib olindi

CHERY AUTO

Joriy yilning 17-25 may kunlari Yaponiyaning Kobe shahri mezbonlik qilgan para engil atletika bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 103 mamlakat orasida 3-o‘rinni egallagan terma jamoamiz a’zolari bugun yurtimizga qaytib kelishdi.

Tecno

Matonatli para atletlarimiz Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari va oila a’zolari tomonidan katta tantana bilan kutib olindi.

Jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan para atletlarimiz bilan yana bir bor tanishtirib o‘tamiz:

Oltin
Qudratullaxon Ma’rufxo‘jaev – yadro uloqtirish
Qudratullaxon Ma’rufxo‘jaev – disk uloqtirish
Xusniddin Norbekov – yadro uloqtirish
Nurxon Qurbonova – nayza uloqtirish
Asila Mirzayorova – uzunlikka sakrash
Yoqutxon Xolbekova – uzunlikka sakrash
Safiya Burxanova – yadro uloqtirish

Kumush
Boburjon Omonov – yadro uloqtirish
Dilafruz Ahmadxonova – yadro uloqtirish
Kubaro Hakimova – yadro uloqtirish
Mohigul Hamdamova – disk uloqtirish

Bronza
Ma’rufjon Murodulloev – 400 metrga yugurish
Nurxon Qurbonova – yadro uloqtirish

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!