
Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritgan para kanoechilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi
23-27 avgust kunlari Germaniyaning Duysburg shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan para kanoechilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.
Ularni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, keng sport jamoatchiligi, oila a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu Jahon chempionatida 2 nafar vakilmiz Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar